Ўзбекистонда биринчи давлат  тиббиёт муассасаси халқаро даражадаги JCI сертификатини олди

Ўзбекистонда биринчи давлат  тиббиёт муассасаси халқаро даражадаги JCI сертификатини олди

Bolalar milliy tibbiyot markazi  rasman jahon miqyosida tan olingan tibbiyot muassasaslari qatoriga qo‘shildi

 

   2024 yilning  mart oyida Bolalar milliy tibbiyot markazi tibbiy yordam sifati va xavfsizligining xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha sermashaqqatli jarayonni tugatib, dunyodagi eng nufuzli akkreditatsiya tashkiloti hisoblangan Xalqaro Birlashgan Komissiya (Joint Commission International)  standartlarining akkreditasiyasini oldi.

  Prezidentimiz tashabbuskorligida barpo etilgan va O‘rta Osiyoda o‘xshashi bo‘lmagan Bolalar milliy tibbiyot markazi  2020 yilda  yirik ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. Kuni kecha ushbu markaz xizmatlarning mukammal sifati sari intilishga asoslanib, faoliyat yuritayotganiga hali 4 yil to‘lmagan  ushbu markaz CERT International sertifikasiyasi organidan xalqaro sifat sertifikatini olishga musharraf bo‘ldi.

    Bugun bolalar milliy tibbiyot markazi (JCI) tantanali ravishda qabul qilib oldi. Ushbu tadbirda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Farrux Sharipov, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili janob Kuk Chang Xyon, Koreya Xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH)ning O‘zbekistondagi vakili  Xeeun Kim va bolalar milliy tibbiyot markazi direktori Baxtiyorjon Umarov boshchiligidagi xodimlar ishtirok etishdi.

Aytish joizki, ushbu standartlar tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, bemorlarga maksimal tarzda xavfsiz va samarali yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq va jahon sog‘liqni saqlash tizimida yirik tibbiyot kompaniyalari uchun “oltin standart” hisoblanadi.

JCI standartlari eng murakkablaridan hisoblanadi, chunki nafaqat tibbiy qismni, balki umuman tibbiyot muassasining  butun ishini, jumladan, xaridlar jarayonini, yong‘inga qarshi va texnik xafvsizlikni, katta, o‘rta va kichik tibbiy, hamda boshqaruv xodimlari ishini qamrab oladi.

JCI auditorlari o‘z tekshiruvlari doirasida standartlashtirishning bir nechta tizimlari bo‘yicha axborotga va malakaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik darajasini baholadilar: bemorga qaratilganlik standartlari va tibbiyot muassasasini boshqarish standartlari:

  • Bemorlarning xavfsizligi bo‘yicha xalqaro maqsadlar;
  • Davolashning erishimliligi va izchilligi;
  • Bemor va oila huquqlari;
  • Tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • Anesteziya va jarrohlik bo‘limi;
  • Menejment va dori-darmonlardan foydalanish;
  • Sifat va bemorning xavfsizligini oshirish;
  • Infeksiyalar profilaktikasi va nazorati;
  • Binolar menejmenti va xavfsizlik;
  • Personalni malakasi va ma'lumoti.

      Ko‘proq darajada tashkiliy masalalarga yo‘naltirilgan texnik va boshqa standartlar bo‘yicha muvofiqlikni tekshirish ham davolash natijasini yaxshilashga qaratilgan.

      Xalqaro Birlashgan Komissiya (JCI) o‘zining yuqori espertli bahosini berib, Bolalar milliy tibbiyot  markazini O‘zbekiston uchun ariza bergan tibbiyot muassasalari ichida eng yosh jo‘shqin rivojlanayotgan davlat tibbiyot muassasi deb tan oldi.

 

   Aytish joizki,  Bolalar milliy tibbiyot markazi  O‘zbekistonda JCI  sertifikatiga ega bo‘lgan birinchi va yagona davlat tibbiyot muassasi hisoblanadi. Bu o‘z o‘rnida mahalliy aholi va yer sharining har qanday nuqtasidan kelgan bemorlar uchun yetakchi xorijiy klinikalar darajasidagi samarali tibbiy xizmatni olishga kafil bo‘lib xizmat qiladi.

Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image