Kardio Markaz

 

    Bolalar kardio markazi kardijarrohlik va kardiologiya angiografiya bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.

    Bo‘limda yetakchi xorijiy markazlarda ta'lim olgan shifokorlar faoliyat yuritishadi, og’ir va murakkab bo‘lgan  bemorlar xorijlik hamkorlar bilan onlayn usularda maslaxatlashib davolanadi.

    Kardio markazda tug’ma va orttirilgan yurak kasalliklari, kardiomiopatiya va yurak aritmiyalari mavjud bolalarga tashxis quyiladi va davolash olib boriladi.

    Kardiologiya bo‘limi ekspert darajadagi UTT apparatlari (GE Vivid T8 i Vivid IQ), shuningdek GE Innova IGS530 angiograf apparati bilan jixozlangan

    Bo‘lim shifokorlari tomonidan yurak nuqsonlari yetakchi davlatlarning zamonaviy usullari va tajribasiga asoslangan holda endovaskulyar usulda bartaraf etiladi va konservativ davolanadi.

    Yurak jarrohlik bo‘limida bolalarga chaqalokligidan boshlab tibbiy yordam ko‘rsatilib, ulardagi yurak tug’ma nuqsonlari keng ko‘lamdagi zamonaviy yondashuvlar bilan bartaraf etiladi.

    Eng zamonaviy asbob uskunalarni mavjudligi va mutaxassislar tajribasi barcha jarrohlik amaliyotlarini jaxonning yetakchi markazlarida qo‘llaniladigan standartlarga ko‘ra amalga oshirishga imkon beradi.

    Bundan tashqari markaz shifokorlari Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Belarus, Turkiya, Ukraina va Fransiya davlatlarining yetakchi klinikalari mutaxassislari bilan birga murakkab jarrohlik amaliyotlarni bajarib kelishmoqda.