Hamkorlik memorandumi imzolandi

Hamkorlik memorandumi imzolandi

    Joriy yilning 20 may kuni Milliy bolalar tibbiyot markazi va Belarus' Respublikasining bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Respublika bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Anjelika Viktorovna Solnseva va transplantasiya bo‘limi mudiri Nina Vyacheslavovna Minakovskaya Milliy bolalar tibbiyot markaziga tashrif buyurishdi. Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondi ishtirokidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, yakunida tomonlar ilmiy-amaliy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzoladilar.

Image
Image