Hamkorlik memorandumi imzolandi

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi tomonidan Xalqaro aloqalar,tibbiyot turizmini rivojlantirish hamda xorijdan malakali mutaxassilarni jalb etish, mahalliy mutaxassislarni xorijda bilim va malakalarini oshirish, bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, Bolalar milliy tibbiyot markazi Janubiy Koreyaning bir qancha yetakchi klinikalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, bugun Pusan Milliy universiteti Yangsan klinikasi bilan kelgusi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha memorandum imzolanadi. Unga ko‘ra, mahalliy shifokorlarimiz Yangsan klinikasida o‘z malakalarini oshirishi, telemedisinani rivojlantirishi va Yangsan klinikasi mutaxassislarini Bolalar milliy tibbiyot markaziga jalb etgan holda yosh bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishdan iboratdir.
    Eslatib o‘tamiz, hozirda Yangsan klinikasidan kardiolog, kardioxirurg, nevrolog, gastroenterologlar jamoasi tashrif buyurgan bo‘lib, ular bir hafta davomida mamlakatimiz bemorlariga tibbiy yordam ko‘rsatishadi.
Image
Image
Image