Bolalar Milliy Tibbiyot Markaziga Janubiy Koreyaning tashqi ishlar vaziri Chong Eui Yong tashrif buyurdi

Bolalar Milliy Tibbiyot Markaziga Janubiy Koreyaning tashqi ishlar vaziri Chong Eui Yong tashrif buyurdi

        O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya geografik jihatdan bir-biridan uzoq, lekin ko‘ngli yaqin, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida maqsadi mushtarak davlatlardir.
Mamlakatlarimiz vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli strategik sheriklardir. Oliy darajadagi muloqotlar va mushtarak intilishlar samarasida mamlakatlarimiz hamkorligi barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanmoqda.
        Kuni kecha Bolalar Milliy Tibbiyot Markaziga Janubiy Koreyaning tashqi ishlar vaziri Chong Eui Yong tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Tibbiyot markazi direktori Alisher Sharipov kutib oldi. Tashrif chog‘ida markaz direktori mehmonni Bolalar milliy tibbiyot markazida o‘rnatilgan zamonaviy tibbiyot uskunalari, faoliyati hamda Koreya iqtisodiy rivojlantirish fondi EDCF(kredit), KOICA (grant) va KOFIH (grant) bo‘yicha qilingan ishlar bo‘yicha tanishtirdi. Shundan so‘ng tez orada mamlakatimizda Davlat siyosatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqa loyihalari, xususan, kattalarga xizmat qiladigan mul'tidisiplinar shifoxonasi va BMTMga tutash onkologiya shifoxonasi ham ishga tushiriladigan joylarni ko‘zdan kechirdi.
         Shuningdek, Janubiy Koreyaning tashqi ishlar vaziri Chong Eui Yong martabali mehmonlar kitobiga o‘zining tilaklarini yozib qoldirdi. Undan so‘ng janob Chong Eui Yong COICA innovasion modellashtirish o‘quv markazi sharoitlari hamda faoliyati bilan ham tanishdi. Unda markazimizda faoliyat olib borayotgan Janubiy koreyalik mutaxassislar tibbiy manekenlar orqali birinchi yordam ko‘rsatish va innovasion davolash usullarini o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv uskunalarini ishlatib ko‘rsatishdi. Shuningdek, bunday tibbiy uskunalarning amalda qanday foyda berishlari hususida gapirib berdilar. Tashrif so‘ngida markazimiz rahbari martabali mehmon bilan esdalik uchun sovg‘alar almashib, sur'atga tushishdi.
      Shu tarzda Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Chong Eui Yong boshchiligidagi delegasiya a'zolari bilan bo‘lgan uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.
Image
Image
Image
Image
Image
Image