BMTM va KOFIH o`rtasida memorandum imzolandi

BMTM va KOFIH o`rtasida memorandum imzolandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi (BMTM) va Koreya Xalqaro Sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) o‘rtasida “Markaziy Osiyoning uch davlatida urogenital anomaliyali bolalarning hayot sifatini yaxshilash” loyihasi bo‘yicha Koreya jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladigan o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi. Ushbu loyiha 2 yil muddatga (2022-2023) mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy byudjeti 460 000 AQSh dollarni tashkil etadi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonning turli viloyatlaridan kelgan bolalar urologlari uchun jarrohlik amaliyotini tashkil etishdan iborat. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Qirg‘iziston va Tojikistonlik bemor bolalar uchun 150 ta yuqori sifatli urologik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish nazarda tutilgan.

Ushbu tadbir nafaqat kam ta'minlangan, tug‘ma nuqsonlari bor oilalarning bemor farzandlari uchun balki, hududdagi yosh shifokor-urologlar uchun ham foydali bo‘lishiga ishonamiz.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonlik va  Koreyalik urologlarning  sifatli jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishlariga yanada turtki bo‘lishiga umid qilamiz.