Malaka oshirish kurslari
Tibbiyot xodimlar malakasini oshirish kurslari Bolalar milliy tibbiyot markazining malaka oshirish uquv bolimi tomonidan amalga oshiriladi.
Oquv bolimining asosiy faoliyati Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida davlat va hususiy sektorida ishlovchi shifokorlarni qisqa muddatli (36 va 72 ,144kreditli) malaka oshirish kurslarida o’qitishni tashkil qilish va o’tqazishdan iborat.
Amaliy mashg’ulotlar va ma’ruzalar Bolalar milliy tibbiyot markazi simulyatsion markazida faoliyat yurituvchi professor – o’qituvchilar tomonidan tomonidan olib boriladi.
Amaliy mashgulotlar Bolalar milliy tibbiyot markazining simulyatsion sentrda, klinikasi va BMTM bilan shartnomasi mavjud bo’lgan klinika va poliklinikalarda, hususiy klinikalarda olib boriladi.
Kursantlar Bolalar milliy tibbiyot markazida bo’lib o’tadigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishga taklif qilinadi.
2021 yilda Bolalar milliy tibbiyot markazining uquv bolimi tomonidan ishlab chiqilgan va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 56 ta mavzuli qisqa muddatli (36 va 72,144 kreditli) malaka oshirish tsikllari o’quv dasturlari asosida mashg’ulotlar o’tqaziladi.