Ixtisoslashtirilgan Pediatriya Markazi
Pediatriya markazi o‘pka va oshqozon ichak trakti kasalliklari mavjud bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatadi.
Pediatriya markazida tashxislash va davolash yuqori texnologiyalar asbob-uskunalarni qo‘llagan holda Koreya, Rossiya Federatsiyasi va Yevropa davlatlarida ta'lim olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Markaz ishida laboratoriya bo‘limi imkoniyatlaridan, shu jumladan immunologik, bakteriologik tahlillardan keng ko‘lamli foydalaniladi. Allergiya va bakteriologik ko‘rsatkichlarni o‘rganishga imkoniyatlar mavjud. Xorijdan keltirilgan eng zamonaviy asbob uskunalar bo‘lgan bronxoskopiya, gastroduodenoskopiya, kolonoskopiya kabi endoskopik tekshiruvlar olib boriladi.
Markazda bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning barkamol rivojlanishi va ulardagi kasalliklar oldini olish maqsadida «Sog‘lom bola» dasturi amalga tadbiq qilingan.
Xorijdagi yetakchi mutaxassislarni jalb qilgan holda telemedisina orqali maslaxatlar tashkil etilib va o‘tkazilib kelinmoqda.
Pediatriya markazida salomatligi og‘ir va surunkali ravishda buzilgan, harakatlari va harakatchanligi chegaralangan bolalar uchun jarohatlar va jarrohlik amaliyotlaridan keyin yo‘qotilgan harakat funksiyalari va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini tiklashga qaratilgan reabilitasiya xizmati tashkil etilgan.