Diagnostika Birligi
Laboratoriya
Markazning ko‘p tarmoqli tibbiy tashxislash laboratoriyasi keng doiradagi laborator tekshiruvlarni taklif etadi. Innovasion asboblar, yuqori texnologiyali uskunalar (Germaniya, AQSh, Yaponiya, Fransiya, Shveysariyadan keltirilgan), ko‘p bosqichli sifat nazorati va hamkorlarimizning xalqaro tajribasi laboratoriya tekshiruvlarini yuqori standartini saqlab qolishga yordam beradi!
Laboratoriya qon, oshqozon-ichak tizimi, siydik ajratish tizimi, yurak-qon tomir tizimi, qon ivish tizimi, metabolik holat (uglevodlar, yog‘lar, oqsillar) va boshqalar haqida ma'lumot olish uchun barcha taxlillarni amalga oshiradi. Bizning mutaxassislar jigar, buyrak, o‘t pufagi, shakar, xolesterin darajasi, xelicobacter pilori mavjudligi, oshqozon yarasi va 12-o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga sabab buluvchi infeksiyalar haqida ma'lumot beruvchi taxlillarni amalga oshirishadi.
Laboratoriya klinik kimyo va immunologiya taxlillari uchun modulli tizim (COBAS 6000), immunologik analizator, mikrobiologik analizator (VITEK & MYLA CONFIG), Real vaqtda PZR analizatorlari, majmuaviy genetik tadqiqotlari va boshqa 100 dan ortiq turlardagi taxlillarni kuniga 1000 dan ortik bemor uchun o‘tkazish imkonini beradi.
Bo‘limda Janubiy Koreya, AQSh, Yaponiyada ta'lim olgan mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
Radiologiya Bo`limi
Radiologiya bo‘limining faoliyati eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda turli patologik xolatlarni sifatli va aniq tashxislashga qaratilgan.
Yuqori malakali xodimlar jaxondagi yetakchi ishlab chikaruvchi GE Healthcare tomonidan yaratilgan 3,0 Teslali MRT, MSKT-256 va ekspert-darajadagi ul'tratovush qurilmalar yordamida keng kulamli tashxislashni amalga oshirishadi.
3,0 Teslali MRT appatari yuqori aniqlik bilan asab tizimi hajmiy shakllanishlarini (o‘smalar, kistalar, rivojlanish nuksonlari va boshqalar) tashxislash, shuningdek, davolash jarayonida dinamik kuzatish imkonini beradi. Tekshirishning noyob protokollari va uskunalarning rejimi shifokorga patologik jarayonni aniqroq aniqlash va qiyin vaziyatlarda yordam berish imkonini beradi.
Nuklear Tibbiyot
Nuklear tibbiyot bo‘limi zamonaviy uskunalar (siklotronli PET-KT, gamma – kamera) bilan jixozlangan bo‘lib, onkologik kasalliklar tashxisini tasdiklash, mahalliy va uzoq metastaz o‘choqlari aniqlash, kimyoterapiya samaradorligini baholash uchun yuqori texnologik tekshirish imkonini beradi. Uskunalardagi nurlanishni past dozasi pediatriyada xavfsiz foydalanish imkonini beradi.