“Tabassum hadya etamiz” («Darim ulibku») aksiyasi doirasida  tadbir bo‘lib o‘tdi

“Tabassum hadya etamiz” («Darim ulibku») aksiyasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi

     2024 yilning 20-25 aprel kunlari “Tabassum hadya etamiz” («Darim ulibku») xalqaro xayriya fondi  va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan takshil etilgan aksiya doirasida rossiyalik va amerikalik mashhur plastik jarroh Hasan Baiev yana bir bor Bolalar milliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.
     40 yillik tajribaga ega rossiyalik va amerikalik plastik jarroh turli yillarda AQSh, Yaponiya va Angliyada yil odami deya tan olingan mashhur shifokor 20 yildan buyon xayriya ishlari bilan shug‘ullanib keladi. Ushbu davr mobaynida u 2000 nafarga yaqin bolalarda bepul jarrohlik amaliyotlarini bajargan.
     Eslatib o‘tamiz, Hasan Baiev  2023 yilning 6-7 dekabr' kunlari Bolalar milliy tibbiyot markaziga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida u tug‘ma tanglay va lab kemtigi bo‘lgan bolalarda bepul jarrohlik amaliyotlarini bajarish maqsadida tibbiy ko‘riklar o‘tkazgan edi.
     Bu galgi tashrif doirasida mashhur shifokor o‘zining katta jamoasi bilan birgalikda  100 ga yaqin bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, 43 nafar bolada bepul yuqori texnologik operatsiyalar bajardi.
      Kuni kecha Bolalar milliy tibbiyot markazida 20-25 aprel kunlari tashkil etilgan  “Tabassum hadya etamiz” («Darim ulibku») aksiyasi doirasidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.  Unda  Hasan Baiev va uning jamoasi, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Farrux Sharipov, markaz direktori Baxtiyorjon Umarov va markaz xodimlari ishtirok etishdi.
       Tadbirda bemor bolalarni sog‘lomlashtirishga qo‘shgan hissasi uchun Hasan Baiev “Sog‘liqni saqlash a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanib, uning jamoasiga vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.
       Shuningdek, ushbu hayriya aksiyasida ishtirok etgan markazimiz shifokorlariga “Tabassum hadya etamiz” («Darim ulibku») xalqaro xayriya fondi tomonidan minnatdorchilik yorliqlari topshirildi.
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image