Barcha ishlab chiqaruvchilar
va yetkazib beruvchilarga
Respublika “Bolalar milliy tibbiyot markazi”ni tibbiy uskunalar bilan taʼminlash maqsadida Markaz tomonidan marketing bozori tadqiqoti eʼlon qilinadi.
1-ilovada sotib olish uchun zarur boʻlgan tovarning roʻyxati koʻrsatilgan.
2-ilovada sotib olish rejalashtirilgan tovarlarning texnik topshiriqlari koʻrsatilgan.
3-ilovada narx va yetkazib berish shartlari koʻrsatilgan holda tijorat taklifini taqdim etish shakli koʻrsatilgan.
Mahsulotning dastlabki texnik malakasini oʻtkazish va sotib olish byudjetini aniqlash uchun, sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqlik uchun alohida ustunni har birini aniq parametrlar bilan majburiy toʻldirib, tasdiqlovchi materiallar (sertifikatlar, mavjud registratsiya, koʻrsatmalar, kataloglar, broshyuralar va h.k) bilan birga, 2024-yil 5-avgust soat 18:00 ga qadar Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак. va Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак. elektron adreslariga yuborishingizni soʻraymiz.
Sizdan taklif etilayotgan mahsulotning narxi, nomi va ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, shuningdek yetkazib berish muddatlarini koʻrsatishingizni soʻraymiz.
Ishlab chiqaruvchi boʻlmagan, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning vakolatli disrtibyutorlari, yakuniy savdolar vaqtida ishlab chiqaruvchidan ruxsatnoma (avtorizatsiya) yoki rasmiy kelishuv xatini taqdim etishlari shart.
Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, yani xaridorning Toshkent shahridagi omborigacha, xorijiy etkazib beruvchilar uchun - DAP-Toshkent.
Toʻlov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% hujjatli qaytib olinmaydigan akkreditiv toʻlov.
Diqqat! Siz tomondan taqdim etiladigan takliflar xarid qilinadigan tovarlarni boshlangʻich xarid narxini aniqlashda muhim hisoblanib, ushbu tovarlarni xaridini amalga oshirish jarayonlarida ishtirok etayotgan vaqtda narx boʻyicha taqdim etiladigan takliflarga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shundan kelib chiqib, xarid jarayonlarida ishtirok etmoqchi boʻlgan ishtirokchilarga marketing tadqiqotlari boʻyicha takliflarni taqdim etishda faol ishtirok etishingiz soʻraladi!
Ilovalar: