Bugungi kunda Bolalar milliy tibbiyot markazida jahon tibbiyotida bajariladigan noyob, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ayni shu maqsadda dunyoning turli mamlakatlaridan yuqori malakali mutaxassislar ham jalb qilinyapti.
Hususan, kuni kecha bu yerda Belarus' sog‘liqni saqlash vazirligining bolalar bosh urologi Vitaliy Dubrov ishtirokida tug‘ma urologik nuqsonlari bo‘lgan o‘ndan ortiq bemorlarda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi.