“TASDIQLAYMAN”
Bolalar milliy tibbiyot
markazi direktori
_________ B.Ya.Umarov
“___” ________ 2024y
BOLALAR MILLIY TIBBIYOT MARKAZI
MUROJAATNOMASI
Qadrli yurtdoshlar!
Biz, Bolalar milliy tibbiyot markazi jamoasi, Siz aziz xalqimizga yuksak darajadagi tibbiy yordamni taqdim etish, bolalarimizning salomatligini mustahkamlash yoʻlida barcha imkoniyatlarimizni safarbar etganmiz. Markazimiz haqida toʻliq ma'lumot berib, soʻnggi yutuqlarimiz bilan tanishtirishga ijozat bergaysiz.
Markazimiz jamoasi haqida: Markazda 825 nafar xodimlar faoliyat olib bormoqda, shulardan 205 nafari shifokorlar va 32 nafari ilmiy xodimlardan iborat. Ular orasida 7 nafar fan doktori va 31 nafar fan nomzodlari, 14 nafar xodimlarimiz markazimizda mustaqil izlanuvchi boʻlib shulardan 2ta DcS. va 12 nafari PhD. nomzodlik olish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
2024 yilda erishgan yutuqlarimiz:
- JCI sertifikati: 2024 yil aprel oyida markazimiz Oʻzbekistondagi birinchi davlat tibbiyot muassasasi sifatida xalqaro darajadagi JCI (Joint Commission International) sertifikatini oldi. Bu, markazimiz xizmatlari jahon standartlariga toʻla mos ekanini tasdiqlaydi.
- Moliyaviy samaradorlik: 2024 yilning dastlabki 9 oyi davomida markazimiz pullik xizmatlardan 97,3 milliard soʻm daromad oldi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar koʻpayganini koʻrsatadi.
- Davolash va jarrohlik amaliyotlari:
- Ambulator xizmatlar: 2024 yilning 9 oyida 49 360 nafar bemor ambulator yordam oldi, bu 2023 yildagi koʻrsatkichga nisbatan 37% ga
- Stasionar xizmatlar: Joriy yilning shu davrida 8 187 nafar bemor stasionar tibbiy yordam oldi. Markaz yanvar oyida tozalov ishlari sababli yopilganini inobatga olgan holda, bu koʻrsatkich yuqori samaradorlikni anglatadi.
- Jarrohlik amaliyotlari: 2024 yilda jami 4 303 ta jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi, ulardan 400 dan ortigʻi murakkab va noyob amaliyotlardir. Shuningdek, 25 dan ortiq yangi jarrohlik usullari ilk bor qoʻllanildi. 2023 yilda esa jami 3 561 ta jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan boʻlib, bu yil bu koʻrsatkich 23% ga
- Hududlarda tibbiy xizmat va telemedisina faoliyati: 2024 yil davomida markazimiz tomonidan mamlakatimizning 12 viloyati va 46 tuman/shaharlariga 223 ta mutaxassis yuborilib, 8 921 nafar aholi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. 384 nafar bemorga joylarda jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi, ulardan 247 tasi yuqori texnologik, 137 tasi esa noyob turdagi amaliyotlardir. Shuningdek, 2 005 nafar bemor markazimizga davolanish uchun yoʻllandi. Hududiy markazlarda 156 marotaba oʻquv mashgʻulotlari va 35 ta seminar oʻtkazilib, 714 nafar xududiy mutaxassislar malakasini oshirdi. Bundan tashqari, 228 ta davolash va 155 ta tashxis usullari joriy etildi hamda 371 nafar bemorga onlayn maslahatlar berildi.
- Xalqaro hamkorlik, investisiya va grantlar: Markazimiz etuk klinikalar bilan hamkorlikni kengaytirib, 6 ta memorandum imzolandi. Shuningdek, 109 ta xalqaro seminar va master-klasslar tashkil etilib, 65 nafar yuqori malakali xorijiy mutaxassislar tashrif buyurdi. Chet elda malaka oshirib kelgan mutaxassislar soni 27 nafarni tashkil qiladi. Milal Heart Foundation tomonidan yurak xastaligiga chalingan 80 nafar bolaga 90 ming AQSh dollari miqdorida amaliy yordam koʻrsatildi. KOFIH bilan hamkorlikda tibbiy sifat va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida QPS (quality products and services) xizmati joriy qilindi va bu jarayonga 360 ming AQSh dollari
Aziz xalqimiz!
Biz, Bolalar milliy tibbiyot markazi, yanada samarali va xalqaro darajadagi tibbiy xizmatlar koʻrsatish yoʻlida barcha kuch-gʻayratimizni safarbar etishda davom etamiz. Har bir farzandimizning sogʻlom va baxtli kelajagini ta'minlash yoʻlida ishonchli tayanch boʻlishga intilamiz.