Мarkazimizning bir guruh vakillari janubiy koreyada bo‘lib qaytishdi.

Мarkazimizning bir guruh vakillari janubiy koreyada bo‘lib qaytishdi.

     O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya geografik jihatdan bir-biridan uzoq, lekin ko‘ngli yaqin, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida maqsadi mushtarak davlatlardir. Mamlakatlarimiz vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli strategik sheriklardir. Oliy darajadagi muloqotlar va mushtarak intilishlar samarasida mamlakatlarimiz hamkorligi barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanmoqda. Jumladan, tibbiyot sohasida ham mutaxassislar o‘zaro bilim va malakalarini oshirish shu orqali  bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, joriy yilning 10-24 oktyabr kunlari markazimiz boshqaruv tizim raxbarlari : direktor o‘rinbosarlari hamda bo‘lim rahbarlari Janubiy Koreyaning "Pusan Nasional  Universiteti Yangsan Gospitali"da qisqa va uzoq muddatli maxsus malaka oshirish kurslarida borib kelishdi.Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Janibiy Koreya tajribasi asosida Bolalar milliy tibbiyot markazi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish hamda ikki davlat tibbiyotidagi aloqarni mustaxkamlashdan iboratdir.

Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image