Dunyoning 22 ta davlatidan kelgan ishtirokchilar qatorida, Bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etishdi. Kongressda 500 ga yaqin ma'ruzalar ichida markazimizning urologiya bo‘limida bajarilgan ilmiy ish boshqalarda katta qiziqish uyg‘otdi va eng yaxshi xorijiy doklad deb topildi. Shuningdek, kongress doirasida O‘zbekiston bolalar urologlari jamiyati va Janubiy Korea bolalar urologlari jamiyati o‘rtasida birinchi xalqaro kelishuv muzokarasi bo‘lib o‘tdi. Unda kelajakdagi xamkorlikda olib boriladigan ilmiy ishlar, o‘zaro malaka almashish, mahalliy mutaxassislarni Janubiy Koreya davlatining nufuzli universitetlarida o‘qitish va malakasini oshirish kabi mavzular ko‘zda tutilgan.