Markazimiz mutaxassislari Amerikalik shifokorlar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonda  murakkab yurak operatsiyalarini o‘tkazishadi

Markazimiz mutaxassislari Amerikalik shifokorlar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonda murakkab yurak operatsiyalarini o‘tkazishadi

   Joriy yilning sentyabr oyida Qoraqalpog‘istonda “Salomatlik oyligi” o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. Bolalar milliy tibbiyot markazining mutaxassislari hamda AQShlik bolalar kardiojarrohi, professor Uilyam Novik boshchiligida  Global Cardiac Alliance Inc (AQSh)dan bir guruh mutaxassislar “Salomatlik oyligi” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tibbiyot instituti klinikasiga safarga chiqishdi. Ushbu loyihada Bolalar milliy tibbiyot markaizadan 10 ga yaqin, AQShdan 20 ga yaqin Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutidan 60 ga yaqin shifokorlar, pedagoglar, klinik koordinatorlar, magistrlar, doktorantlar va 6-kurs talabalari ishtirok etmoqdalar.Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari  ushbu institutning o‘zida yuragida nuqsoni bor bemor bolalar to‘liq tekshiruvdan o‘tkazib, ulardan operatsiya qilinishi zarur bo‘lganlari saralab olishgan edi.“Salomatlik oyligi” o‘tkazilishidan maqsad sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston tibbiyot universiteti klinikasining o‘zida saralab olingan bemorlarga AQShlik mutaxassislar, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda mahalliy shifokorlar hamkorligida yuqori texnologik operatsiyalar  o‘tkazib bolajonlarni sog‘lom hayotga qaytarishdir.

Image
Image
Image
Image
Image
Image