Markazimizda yana bir noyob amaliyot bajarildi

Markazimizda yana bir noyob amaliyot bajarildi

   Bolalar milliy tibbiyot markazining kam invazivli jarrohlik bo‘limida respublikamizda birinchi marta ichakdagi malrotasiyani laparoskopik usulda jarrohlik yo‘li bilan davolash muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Ichakdagi malrotasiya - bu organning normal anatomiyasi va faoliyatini tiklash uchun jarrohlik amaliyoti talab qiladigan tug‘ma nuqson hisoblanadi. Zamonaviy laparoskopik jarrohlikdan foydalanish tufayli operatsiya davomida yuqori samaradorlik va minimal invazivlikka erishish mumkin. Tibbiyotning ushbu muhim yutug‘i tug‘ma nuqsonlarni davolashda yangi istiqbollarni ochadi va mamlakatimizda davolashning  yuksak darajada ekanligini tasdiqlaydi.

Image
Image
Image