Hamkorlik memorandumi imzolandi

Hamkorlik memorandumi imzolandi

         O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya geografik jihatdan bir-biridan uzoq, lekin ko‘ngli yaqin, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida maqsadi mushtarak davlatlardir.      Mamlakatlarimiz vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli strategik sheriklardir. Oliy darajadagi muloqotlar va mushtarak intilishlar samarasida mamlakatlarimiz hamkorligi barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanmoqda. Jumladan, tibbiyot sohasida ham mutaxassislar o‘zaro bilim va malakalarini oshirish shu orqali  bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.   
        Hususan, bugun Bolalar milliy tibbiyot markaziga Koreyaning Pusan milliy universiteti Yansan shifoxonasi prezidenti Li Sang Dong boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi. Ushbu delegasiya tashrifi sabab markazimizda tadbir bo‘lib o‘tdi.               Tadbir boshida Yansan shifoxonasi prezidenti  Li Sang Dong ikki davlat o‘rtasidagi iliq munosabatlar, shuningdek, tibbiyotdagi hamkorliklar va ikki tomonlama shifokorlarning bilim va tajriba almashishlari  bu orqali bemorlarning salomatligini tiklashda katta natijalarga erishilayotganligiga guvoh bo‘layotganligi hususida so‘zladi.
       Shundan so‘ng markazimiz direktori Saidov Maqsud Arifovich ham so‘zga chiqib ikki tomonlama munosabatning mustaxkamlanib borishi orqali markazimizda ham bemorlarni tashxislash va davolash, qolaversa mutaxassislar tayyorlash borasida ham bir qancha yutuqlarga erishilganini aytib o‘tdi.

Ikki qismdan tashkil topdan ushbu tadbirning birinchi qismida Li Sang Dong hamda Saidov Maqsud Arifovich birgalikda Bolalar milliy tibbiyot markazining klinik ordinaturasini muvaffaqiyatli yakunlangan, ilk qaldirg‘ochlariga birgalikda diplomlarni tantanali ravishda taqdim etishdi.
        Tadbirning ikkinchi qismida, Koreyaning Pusan milliy universiteti Yansan shifoxonasi hamda Bolalar milliy tibbiyot markazi o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu memorandumdan ko‘zlangan maqsad shu kunga qadar Yansan shifoxonasi bilan bo‘lgan kelishuvlarni davom ettirish hamda ushbu shifoxona ko‘magi bilan mamlakatimizning olis hudularida ham Bolalar milliy tibbiyot markazining viloyatlardagi tarmoqlariga malakali mutaxassislar tayyorlash kabilarni o‘z ichiga olgan.  Tadbir so‘ngida ikki taraf o‘zaro sovg‘alar ulashdilar.
        Tadbir yakunlangach, Yansan shifoxonasi prezidenti hamda markazimiz derektori birgalikda “Yashil makon” loyihasiga mos ravishda, ikki davlat shifoxonalari o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida, Bolalar milliy tibbiyot markazi hududida yaratilayotgan “Yashnobod shifokorlar bog‘i”ning ilk ko‘chatlarini ekishdilar.

Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image