Bolalar milliy tibbiyot markazida rossiyalik mutaxassis ishtirokida aorto- koarktasiyasini stentlash Bo‘yicha noyob operatsiya o‘tkazildi.

Bolalar milliy tibbiyot markazida rossiyalik mutaxassis ishtirokida aorto- koarktasiyasini stentlash Bo‘yicha noyob operatsiya o‘tkazildi.

Ushbu muolaja 17 yoshli bemorda aortaning yurak bilan tutashgan joyidagi torayganligini bartaraf etish uchun amalga oshirildi.Aorto- koarktasiyasini stentlash - bu normal qon oqimini tiklash va organlar va to‘qimalarni qon bilan ta'minlashni yaxshilash imkonini beruvchi innovasion usul hisoblanadi. U maxsus metalli stent yordamida amalga oshiriladi, u aortaning toraygan qismiga o‘rnatiladi va uni kengaytiradi hamda  normal qon aylanishini tiklaydi.Ushbu operatsiya yurak faoliyati va qon aylanishi bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan aortaning sezilarli darajada torayishi bo‘lgan bemorlar uchun muhimdir. Aorta-koarktasiyasi stentlash tufayli bemorning ahvoli yaxshilanadi va charchoq, nafas qisilishi va bosh aylanishi kabi alomatlar bartaraf etiladi.Bolalar  milliy tibbiyot markazida  turli mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni jalb etish va zamonaviy davolash usullarini joriy etish, bemorlarga ilg‘or tibbiy texnologiyalardan foydalanish hamda yuqori darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatish davom etmoqda.
Image
Image
Image
Image
Image
Image