26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.
Unda vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste'dodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta'lim, adabiyot, madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtirok eganlar faxriy unvonlar bilan taqdirlandi.
Hususan, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori Saidov Maksud Arifovich ham II darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Bolalar milliy tibbiyot markazi jamoasi Maksud Arifovichni ushbu mukofot bilan samimiy muborakbod etadi.