Joriy yilning 14-sentyabr kuni markazimizda alohida ixtisoslashtirilgan “Bolalar xirurgiyasi, anesteziologiya va reanimatologiyasi” ilmiy kengashi tashkil etildi. Shuningdek, 14-sentyabr kuni bolalar anesteziologiya va reanimatologiyasi hamda bolalar xirurgiyasi bo‘yicha tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun birinchi dissertasiya himoyalari bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, 15-sentyabr kuni bolalar xirurgiyasiga bag‘ishlangan tibbiyot fanlari doktorlik disertasiya himoyasining birinchisi bo‘lib o‘tdi.
Bolalar milliy tibbiyot markazida tashkil etilgan bunday ilmiy kengash faoliyati nafaqat markazimiz uchun balki, mamlakatimiz uchun ham yetuk mutaxassislarni tayyorlashiga o‘z xissasini qo‘shishiga ishonamiz.