Tibbiyot sohasida raqamlashtirish bo‘yicha Koreya Respublikasi delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tibbiyot sohasida raqamlashtirish bo‘yicha Koreya Respublikasi delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

      O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya geografik jihatdan bir-biridan uzoq, lekin ko‘ngli yaqin, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida maqsadi mushtarak davlatlardir.
        Mamlakatlarimiz vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli strategik sheriklardir. Oliy darajadagi muloqotlar va mushtarak intilishlar samarasida mamlakatlarimiz hamkorligi barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanmoqda. Hususan, tibbiyot sohasida ham mutaxassislar o‘zaro bilim va malakalarini oshirish shu orqali  bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
       14 iyul kuni  Bolalar milliy tibbiyot markaziga Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va farovonlik vazirligi vakillaridan iborat delegasiya tashrif buyurdi.
       Delegasiya a'zolari  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullari hamda bolalar milliy tibbiyot markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
        Markaz direktori Alisher Sharipov uchrashuvga kelgan mehmonlarni barcha bilan tanishtirgach, Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyati haqida qisqacha gapirib berdi.
        Undan so‘ng,  uchrashuvning rasmiy qismini Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari  Otabek Fazilkarimov ikki davlat o‘rtasidagi iliq munosabatlar hamda tibbiyotdagi hamkorlik  samaralari haqidagi fiklari bilan boshlab berdi. So‘ngra so‘zga chiqqan  Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va farovonlik vazirligi, xalqaro aloqalar byurosi bosh direktori Chan Sik Yun ham o‘zaro do‘stona munosabatlar, O‘zbekiston hamda Koreya Respublikasi mutaxassislarining o‘zaro bilim va malaka almashishlari qolaversa, bugungi kun talabi bo‘lgan davolash muassalarida raqamlashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish afzalliklari haqida o‘z fiklarini bildirdi.
         Shundan so‘ng, hozirda BMTMda faoliyat olib borayotgan Koreya Respublikasining “Higen Healthcare” kompaniyasi vakillari tomonidan markaz uchun ishlab chiqilgan va ishlab chiqilayotgan maxsus elektron ilovalar haqida chiqish qildi.
        Barchamizga ma'lumki, Koreya Respublikasi aynan avtomatlashtirish, raqamli tizim yo‘nalishi bo‘yicha dunyonning yetakchi o‘rinlarida turadi. Shunday ekan, Koreyalik hamkorlarimizning yurtimizga bo‘lgan tashrifidan ko‘zlangan maqsad -  bu mamlakatimiz tibbiyot sohasida ma'lumotlarni raqamlashtirish orqali tizimga solish bo‘yicha o‘z tajribalarini amalda tadbiq etishdan iborat.
       Uchrashuv yakunida ikki tomon vakillari amaldagi qilinayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida batafsil suhbatlashib olishdi. So‘ngra delegasiya a'zolari markazda yaratilgan sharoitlar hamda mutaxassislar faoliyati bilan tanishdilar.
          O‘ylaymizki, Janubiy Koreyalik hamkorlarimizning mamlakatimizga bunday tashriflari nafaqat  ikki tomon o‘zaro do‘stona munosabatlarini mustahkamlash balki, tibbiyot sohasini rivojlantirish orqali yurtimiz aholisiga malakali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Image
Image
Image
Image
Image
Image