Bugun Bolalar milliy tibbiyot markazida “Bolalarda tug‘ma nuqsonlarni tashxislash va davolashning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida xalqaro ishtirokda ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Konferensiya doirasida O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari pediatriya xizmatini tashkil etishning dolzarb masalalari, tug‘ma nuqsonlar bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatish standartlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi. Turli darajadagi tibbiyot muassasalarida tug‘ma nuqsonli bolalarga bosqichma-bosqich yordam ko‘rsatish, bemorlarga tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Umid qilamizki, bunday anjumanlar davomida xalqaro professional tajriba almashish ilmiy aloqalarni mustahkamlash, pediatriyaning dolzarb muammolarini hal etishda olimlar va klinisistlarning sa'y –harakatlarini birlashtirish imkonini beradi.