2022-yilning noyabr oyida Bolalar milliy tibbiyot markaziga xorijning turli davlatlaridan malakali mutaxassilar tashrif buyurib yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishdi

2022-yilning noyabr oyida Bolalar milliy tibbiyot markaziga xorijning turli davlatlaridan malakali mutaxassilar tashrif buyurib yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishdi

      Hususan, 10- noyabr kuni markazimizning «Kam invaziv jarrohlik» bo‘limiga AQShdan bolalar jarrohi, professor Sabina Siddiqi De Marko (Amerika jarrohlar kolleji va Amerika pediatriya akademiyasi eksperti, Butunjahon bolalar jarrohligini rivojlantirish qo‘mitasi raisi), Misrlik professor Ali Shalabi (Angliya Qirollik jarrohlar kolleji eksperti) va professor Tamer Ashraf Vafa (Angliya Qirollik jarrohlar kolleji eksperti). Tashrif chog‘ida ular markazimizda  davolanyotgan og‘ir tug‘ma nuqsoni bor bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib shifokorlarimiz bilan hamkorlikda jarrohlik amaliyotlari bajarishdi.
 
     Shuningdek, 14-19 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Piterburg shahridan travmatolog-ortoped Vadim Belazarov markazimiz shifokorlari bilan hamkorlikda skolioz kasalligi bor bir nechta bolalarda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishdi.
 
     Bundan tashqari, 5-dekabrga qadar bir hafta davomida turkiyalik travmatolog-ortopedlardan iborat jamoa MYaF (DSP) sababli harakati cheklanib qolgan bolalarda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.
    O‘ylaymizki, horijlik mutaxassislarning mamlakatimizga muntazam ravishda tashrif buyurishlari nafaqat bemor bolalarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, balki bemorlarning xorijga chiqmay turib o‘z yurtida malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
Image
Image
Image
Image
Image
Image