26-avgust kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Bolalar milliy tibbiyot markazida bo‘lib, ilk bor suyak ko‘migi autogen transplantasiyasi, epilepsiya kasalligida chip o‘rnatish va umurtqa pog‘onasi qiyshiqligi radikal korreksiyasi kabi noyob jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli bajargan bir guruh shifokorlarni “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Shuningdek, vazir ushbu murakkab operatsiyalarni boshdan o‘tkazgan bemor bolalar va ularning ota-onalari bilan samimiy suhbatda bo‘ldi.
Shuningdek, vazir ushbu murakkab operatsiyalarni boshdan o‘tkazgan bemor bolalar va ularning ota-onalari bilan samimiy suhbatda bo‘ldi.