O‘zbekistonda yana bir noyob jarrohlik amaliyoti bajarildi

O‘zbekistonda yana bir noyob jarrohlik amaliyoti bajarildi

Bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridagi shifoxonalarda bo‘lib kelishganligi hususida xabar berilgan edi.

 

Joriy yilning 7 fevral kuni mutaxasislarimiz viloyatlardagi xizmat safari chog‘ida Surxondaryo  bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida tug‘ilgan bir kunlik chaqaloqning dumg‘aza sohasidagi gigant o‘sma jarroh Xoshim Sultonov, gemoto-onkolog Kamol Iskandarov, reanimatolog-anestiziolog Sarvar Mirzaev  va Surxondaryo viloyati bolalar jarrohlari bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Ushbu 4 soat davom etgan jarrohlik amaliyoti interoperasion infuziya Koreya standarti asosida olib borildi.

 

Aytish lozimki, bir kunlik chaqaloqda o‘tkazilgan bunday jarrohlik amaliyoti O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirildi.

 

Davolash jarayonida ishtirok etgan va o‘z kuchini ayamagan barcha mutaxassislarimizga  KATTA RAHMAT !!!

Image
Image