Bugun Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi hududida joylashagan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA)ning innovasion o‘quv markazi Seul Milliy universiteti shifoxonasi(SNUH) vakillari tomonidan Bolalar Milliy Tibbiyot Markaziga topshirilishi haqida ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi. Unga ko‘ra, o‘quv markazi shu kunga qadar u yerda faoliyat yuritib kelgan Seul milliy universiteti (SNUH) xodimlaridan mahalliy, yetishib kelayotgan yosh kadrlar foydalanishi uchun Bolalar Milliy tibbiyot Markazi ixtiyoriga o‘tkazildi.
Aytish joizki, bunday innovasion modellashtirish o‘quv markazi hozirda O‘zbekistonda yagona hisoblanib, bu yerda bemor bolalarga birinchi yordam ko‘rsatishdan tortib innovasion davolash usullarini o‘rgatishga mo‘ljallangan tibbiy mankenlar va o‘quv uskunalar bilan jixozlangan.
O‘ylaymizki, kelajakda bunday innovasion o‘quv markazi mahalliy mutaxassilarimizning amaldagi faoliyatlari uchun yaxshi tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.