Markazimizga koreyalik mutaxassislar tashrif buyurishdi

Markazimizga koreyalik mutaxassislar tashrif buyurishdi

     Joriy yilning 14 maydan 26 mayga qadar Bolalar milliy tibbiyot markaziga  Koreyaning Bolalar Seul milliy universiteti shifoxonasidan bir guruh mutaxassislar tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
     Hozirda Koreyaning Seul milliy universiteti shifoxonasining ikki nafar vakili -nefrolog, Professor Yoxan An hamda nefrologiya hamshirasi Sora Li tashrif buyurgan bo‘lib ular 19 mayga qadar markazimiz shifokorlari va hamshirlariga master-klass o‘tishi bilan birgalikda o‘zaro tajriba almashib kelishmoqda.
 
      Xususan, kuni kecha Koreyaning Seul milliy universiteti shifoxonasi nefrologiya hamshirasi Sora Li markazimiz hamshiralariga bemorlarga qon quyishda muhim bo‘lgan jihatlar hususida ma'ruza qilib va uni amaliyotda qo‘llash yuzasidan master-klass o‘tdi.
Image
Image
Image
Image
Image
Image