O‘zining zamonaviyligi, yetuk mutaxassislari bilan Osiyoda yagona hisoblanadigan Bolalar milliy tibbiyot markazi yurtimiz fuqarolari uchun haqiqiy davo maskaniga aylanib ulgurdi. Jumladan, bu yerda turli kasalliklarni tashxislashdan tortib yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarigacha bajarib kelinmoqda.
Markaz rahbariyati hamda xorijda malaka oshirib kelgan mutaxassislarimiz sa'i-harakatlari bilan ilgari yurtimizda bajarish imkonsiz bo‘lgan jarrohlik amaliyotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Hususan, yaqinda mutaxassislarimiz tomonidan markazimizda ilk marotaba 11 yoshli bemorda buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ochilgan ushbu markaz o‘z samarasini bermoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.