O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun

O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining joriy yilning 18 mart kuni tibbiyot xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida Sog‘liqni saqlash tizimida o‘z yechimini kutayotgan qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 7 muhim yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan edi. Ushbu chora-tadbir asosida Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan aksiya doirasida davolanishga muhtoj bo‘lgan aholi toifasining hududlar kesimidagi ro‘yxatini shakllantirish va og‘irlik darajasi bo‘yicha tasniflash ishlarini allaqachon boshlab yuborishgan. Shuningdek, yuqori texnologik amaliyotlarga muhtoj bo‘lgan bemorlarning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida xududlarda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Aksiya ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda Bolalar Milliy tibbiyot Markazi shifokorlari va Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari, Shaxrisabz shaxar tibbiyot birlashmasi shifokorlari bilan birgalikda guruhlar kesimida viloyatning har bir shahar va tumaniga taqsimlanib, joylarda “xonadonbay” tamoyili asosida aholi salomatligi, ularni qiynayotgan tibbiyotga doir muammolarni o‘rganib aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishmoqda.

Ikkinchi yo‘nalishda shaxar va tumanlarda namunaviy yalpi tekshiruvlar amalga oshirilib, bunda barcha aholi qatlamlarini qamrab olish, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlariga muhtoj bemorlar ruyxati shakllantirilib, tuman va viloyat miqyosida bu amaliyotlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Toshkentning Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi rahbariyati: markazi direktori prof. Sharipov Alisher Mirxamidovich, direktorning davolash bo‘yicha o‘rinbosari prof. Yuldashev Muzaffar Akromovich, shuningdek, mutaxassislardan: bolalar kardiologlari - Lapasov Sadulla, Yusubov Alisher, bolalar kardiojarrohi Inagamov Sur'at, bolalar jarrohi Sultanov Xoshim, bolalar urologi Ergashev Kobiljon, oftal'molog Kamalov Nuriddin va Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Shaxrisabz shahar tibbiyot birlashmasi shifokorlari mutaxassislari bilan birgalikda turli xastaliklarni ko‘rikdan o‘tkazish, zarur bo‘lsa, viloyat tibbiyot markazida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarish bo‘yicha amaliy ishlarni olib borishdi.

Qarshi shahar kardiologiya markazida BMTMning shifokori kardiojarroh Inagamov Sur'at boshchiligida “tug‘ma yurak nuqsoni, ochik arterial naycha, o‘pka gipertenziyasi” tashxisi qo‘yilgan bemor bolada kardiojarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bo‘lsa, Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida “o‘tkir ichak invaginasiyasi murakkab shakli” tashxisi qo‘yilgan bemorda BMTM bolalar jarrohi Sultanov Xoshim boshchiligida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti – laparoskopik usulda ushbu kasallik bartaraf etildi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu sog‘lomlashtirish aksiyasida byurokratik to‘siqlarsiz, aholini sarson qilmasdan, qulaylik yaratish maqsadida, ularning xonadonigacha kirib borib, dardlariga malham bo‘lish ustuvor vazifa qilib belgilangan.
Image
Image
Image
Image
Image
Image