MARKAZIMIZGA HINDISTONLIK SHIFOKORLAR TASHRIF BUYURISHADI

MARKAZIMIZGA HINDISTONLIK SHIFOKORLAR TASHRIF BUYURISHADI

       Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi tomonidan Xalqaro aloqalar, tibbiyot turizmini rivojlantirish hamda xorijdan malakali mutaxassilarni jalb etish, bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, joriy yilning 9 noyabrdan 15 noyabrga qadar Hindistoning “FORTIS” klinikasidan bolalar urologi, kardioxirurglar, neyroxirurglardan iborat katta jamoa tashrif buyuradi.         Tashrifdan  maqsad tibbiyot markazimiz mutaxassislari bilan hamkorlikda bir qancha bemor bolalarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishdir. Aytish lozimki, endilikda yurtdoshlarimiz o‘z farzandlarini xorijga olib borib davo izlashlariga xojat yo‘q, sababi mana shunday zamonaviy tibbiyot markazida nafaqat mahalliy, balki xorijlik mutaxassilarni jalb etgan holda turli murakkablikdagi jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoniyati mavjud.