Joriy yilning 12-17 mart kunlari Bolalar milliy tibbiyot markaziga  Koreyaning Seul milliy universiteti shifoxonasidan bir guruh mutaxassislar tashrif buyurishdi

Joriy yilning 12-17 mart kunlari Bolalar milliy tibbiyot markaziga Koreyaning Seul milliy universiteti shifoxonasidan bir guruh mutaxassislar tashrif buyurishdi

   Ular bir xafta davomida markazimiz mutaxassislari bilan birgalikda murakkab tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarda kardiojarrohlik amaliyotlarini bajarishdi. Shuningdek, jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish bilar bir qatorda Neyroxirurgiya bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan ilmiy-amaliy yig‘ilish ham o‘tkazildi.
    Unda markazimiz Neyrojarrohlari tomonidan o‘rganilayotgan klinik holat to‘g‘risida ishtirokchilarga to‘liq ma'lumotlar berildi. Patolologiya bo‘limi mudiri S.A. Tashmatov gistologik va immunogistokimyoviy taxlil natijalari bilan o‘rtoqlashdi.
Seul milliy universiteti professorlari olingan ma'lumotlar asosida o‘zlarining qimmatli xulosalarini berishdi. Yig‘ilish davomida ushbu kasallik buyicha zamonaviy tibbiyotdagi yechimlar, markazimiz imkoniyatlari va kelgusidagi rejalar xaqida suxbat bo‘ldi. Shundan so‘ng ishtirokchilar Seul milliy universiteti professorlari bilan birgalikda bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazishdi.
     Markazimiz kundalik faoliyatida chet el xamkorligi doirasida o‘tkazilayotgan bu kabi klinik yig‘ilishlar bemorlarda onkologik kasalliklarni to‘g‘ri va zamonaviy tashxislash, shuningdek davolashning zamonaviy yechimlarini topishda muxim axamiyatga ega.
Image
Image
Image