O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 184-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bolalar milliy tibbiyot markazida oyning “Eko faol” xodimi nominatsiyasi joriy etildi.
—
✅ Qaror ijrosi doirasida markaz ma’muriyat xodimlari o‘rtasida ichki so‘rovnoma o‘tkazildi.
—
📊 So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, markazning xo‘jalik bo‘limi mudiri Zavqidin Davlonov iyun oyining “Eko faol” xodimi deb topildi.
—
📆 Ushbu so‘rovnoma har oy doimiy ravishda o‘tkazilishi belgilangan.
—
♻️ Ekologik madaniyatni yuksaltirish — o‘zimizdan boshlanadi!