Bo'limlar

Administrasiya
Administrasiya

Gemotologiya va onkologiya bo'limi
Bolalarda qon kasalliklari (gemotologik) va o‘sma kasalliklarini (onkologik) aniqlash, oldini olish va davolash bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tibbiyot bo‘limi.

Kardioxirurgiya
Yurak va yurak-tomir kasalliklarini jarrohlik usullari bilan davolashga ixtisoslashgan tibbiyot markazining maxsus bo‘limi. Ushbu bo‘lim yurak operatsiyalarini o‘tkazish, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya va bemorlarni kuzatish bilan shug‘ullanadi.

Laboratoriya
Bu diagnostika va tahlil jarayonlarini amalga oshiruvchi maxsus tibbiy bo‘lim bo‘lib, ushbu bo‘lim zamonaviy uskunalar va yuqori malakali mutaxassislar yordamida turli xil laborator tahlillarni bajaradi.

Neyroxirurgiya
Bu markaziy va periferik asab tizimi kasalliklari hamda jarohatlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashga ixtisoslashgan tibbiyot bo‘limi.

Oftolmologiya
Bu ko‘z kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi maxsus tibbiy bo‘lim.

Poliklinika
Bolalar sog‘lig‘ini saqlash va kasalliklarning oldini olishga ixtisoslashgan tibbiy muassasaning ambulator bo‘limi. Ushbu bo‘limda profilaktik ko‘riklar, diagnostika, davolash va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi.

Umumiy xirurgiya
Umumiy xirurgiya bo‘limi – turli jarrohlik amaliyotlarini amalga oshiruvchi muhim tibbiy bo‘lim bo‘lib, oshqozon-ichak tizimi, teri va yumshoq to‘qimalar, g‘uddalar va boshqa organlarga oid kasalliklarni jarrohlik yo‘li bilan davolash bilan shug‘ullanadi.

Urologiya
Urologiya bo‘limi siydik-tanosil tizimi kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan tibbiy bo‘lim hisoblanadi.

Plastik jarrohlik va otorinolaringologiya bo‘limi
Ushbu bo‘lim yuz va tana plastik jarrohligi, shuningdek, quloq, burun va tomoq kasalliklarini tashxislash hamda davolashga ixtisoslashgan.

Ixtisoslashtirilgan pediatriya va tibbiy genetika bo‘limi
Ixtisoslashtirilgan pediatriya va tibbiy genetika bo‘limi irsiy va tug‘ma kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash hamda davolash bilan shug‘ullanadi.

Yadro tibbiyot bo'limi
Yadro tibbiyot bo‘limi, radiatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, turli kasalliklarni aniqlash va davolashga ixtisoslashgan.