Oftalmologiya bo‘limi
Bolalarda ko‘z kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish
Bolaning ko‘rish qobiliyati hayotining ilk oylaridan shakllanadi. Ba’zan ota-onalar muammoni darhol sezadi — bola ko‘zini qisadi, bir ko‘zi «qochadi», ko‘zidan tez-tez yosh oqadi yoki chaqaloq nigohini yaxshi qaratolmaydi. Biroq ko‘plab ko‘z kasalliklari uzoq vaqt sezilmay qoladi va ko‘rish pasaya boshlagandagina namoyon bo‘ladi.
Bolalar milliy tibbiyot markazining Oftalmologiya bo‘limida biz bolalarda — chaqaloqlardan o‘smirlargacha — ko‘z kasalliklarini tashxislash, davolash va jarrohlik bilan shug‘ullanamiz. Vazifamiz — shunchaki tashxis qo‘yish emas, balki zamonaviy texnologiyalar va jamoaviy yondashuvdan foydalangan holda bolaga ko‘rishni saqlab qolish va rivojlantirishda yordam berish.
Bolani qachon oftalmologga ko‘rsatish kerak?
Quyidagilarni sezsangiz, shifokorga murojaat qilishni tavsiya qilamiz:
- bola ko‘zini qisadi yoki narsalarni ko‘ziga juda yaqin olib keladi
- bir ko‘z yon tomonga og‘adi
- bola bosh og‘rig‘i, ko‘zlarning tez charchashidan shikoyat qiladi
- ko‘zdan yosh oqishi, qizarish yoki yorug‘likdan qo‘rqish paydo bo‘ladi
- bola uzoqni yoki yaqinni yomon ko‘radi
- ko‘z jarohatlari bo‘lgan
- bola muddatidan oldin tug‘ilgan
- oilada ko‘rishning irsiy kasalliklari bor
Ayniqsa, chala tug‘ilgan bolalarda tekshiruvni kechiktirmaslik muhim, chunki ayrim holatlar tez va aniq simptomlarsiz rivojlanishi mumkin.
Qanday kasalliklarni davolaymiz?
Mutaxassislarimiz turli ko‘z kasalliklari bo‘lgan bolalarga yordam beradi, jumladan:
- ko‘zning tug‘ma va orttirilgan kasalliklari
- g‘ilaylik
- katarakta
- glaukoma
- to‘r parda kasalliklari
- shishasimon tana patologiyalari
- jarohatlar oqibatlari
- ko‘z tuzilishining tug‘ma anomaliyalari
Bo‘limda ham konservativ davolash, ham yuqori texnologik jarrohlik aralashuvlari o‘tkaziladi.
Bolalarda zamonaviy ko‘z jarrohligi
Barcha ko‘z kasalliklarini tomchilar yoki ko‘zoynak bilan davolab bo‘lmaydi. Ayrim hollarda bolaga operatsiya kerak bo‘ladi — va bu yerda shifokorlarning tajribasi va uskunalar ayniqsa muhim.
Markazimizda quyidagilar bajariladi:
- katarakta operatsiyalari — xiralashgan gavharni olib tashlash va sun’iy gavhar implantatsiyasi
- glaukomani davolash — ko‘z ichi bosimini pasaytirish va ko‘rishni saqlab qolishga qaratilgan operatsiyalar
- vitreoretinal jarrohlik — ko‘zning murakkab kasalliklarida to‘r parda va shishasimon tanada yuqori texnologik operatsiyalar
- g‘ilaylikni korreksiya qilish — ko‘zlarning to‘g‘ri holatini tiklash va ko‘rish sifatini yaxshilashga yordam beradigan jarrohlik davolash
- okuloplastik va rekonstruktiv jarrohlik — tug‘ma anomaliyalari, jarohatlar oqibatlari va boshqa murakkab holatlari bo‘lgan bolalarga yordam
Noyob yo‘nalish — chala tug‘ilgan bolalarga yordam
Bo‘lim faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — ko‘rishning og‘ir yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan chala tug‘ilganlar retinopatiyasini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolash.
Bolalar milliy tibbiyot markazi — Markaziy Osiyoda chala tug‘ilganlar retinopatiyasining kechki bosqichlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bilan shug‘ullanadigan yagona markaz. Bu farzandi muddatidan oldin tug‘ilgan va ixtisoslashtirilgan kuzatuvga muhtoj oilalar uchun ayniqsa muhim.
Jamoaviy yondashuv — shifokorlar birgalikda ishlaganda
Bolalardagi ko‘z kasalliklari ko‘pincha bir nechta mutaxassis ishtirokini talab qiladi.
Ko‘rsatmalarga ko‘ra bolani davolashda pediatrlar, nevrologlar, genetiklar, anesteziologlar, neonatologlar va Markazning boshqa mutaxassislari ishtirok etadi. Bunday yondashuv muammoning sababini e’tibordan chetda qoldirmaslik va eng xavfsiz davolash taktikasini tanlashga yordam beradi.
Qabul qanday o‘tadi?
Tekshiruv oftalmolog konsultatsiyasi va bolaning ko‘rish holatini baholashdan boshlanadi.
Zarurat bo‘lsa, Markazda kompleks diagnostika o‘tkaziladi, so‘ngra shifokor:
- tashxisni aniqlashtiradi
- zarurat bo‘lsa mutaxassislar konsiliumini yig‘adi
- individual davolash rejasini tanlaydi
- operatsiya zarurligini belgilaydi
- kuzatuv va tiklanish bo‘yicha tavsiyalar beradi
Nega ota-onalar Markazimizni tanlashadi?
Bolalar milliy tibbiyot markazining Oftalmologiya bo‘limi — bu:
- yiliga 3000 dan ortiq bolalar konsultatsiyasi
- har yili 1000 dan ortiq operatsiya
- xalqaro ta’lim va stajirovkalardan o‘tgan mutaxassislar jamoasi
- zamonaviy oftalmologik jarrohlik
- ekspert darajasidagi uskunalar, jumladan to‘r pardadagi murakkab operatsiyalar uchun Bausch & Lomb Stellaris (AQSh) tizimi
- tashxis va davolashdan bir joyda o‘tish imkoniyati
- bolalarga hayotining ilk kunlaridan yordam
Bola ko‘rishi bilan bog‘liq tashxisni eshitish ota-onalar uchun qanchalik xavotirli ekanini tushunamiz. Aynan shuning uchun Markazimizda biz hamma narsani tushunarli tilda tushuntirishga, ota-onalarni savollari bilan yolg‘iz qoldirmaslikka va tashxisdan ko‘rishni tiklashgacha bo‘lgan yo‘lni birgalikda bosib o‘tishga harakat qilamiz.
Batafsil ma’lumot olish uchun call-markazimizga qo‘ng‘iroq qiling: +998 95 341 00 03
Shifokorlar
Narxlar
-
Avtorefraktometriya58 000 so‘m
-
Perimetriya117 000 so‘m
-
A-B skan (1 ko‘z)117 000 so‘m
-
Fundus kamera88 000 so‘m
-
Lazer operatsiyalari (lazer iridotomiya)884 000 so‘m
-
Lazer kapsulotomiya884 000 so‘m
-
Lazer trabekuloplastika884 000 so‘m
-
Argon lazer koagulyatsiyasi928 000 so‘m
-
Tonometriya88 000 so‘m
-
Yoriq lampali tekshiruv58 000 so‘m
-
Vizometriya58 000 so‘m
-
Ko‘zoynak tanlash117 000 so‘m
-
Dashevskiy metodi117 000 so‘m
-
Xelatizatsiya220 000 so‘m
-
SP yuvish/zondlash (1 ko‘z)183 000 so‘m
-
Operatsiyadan keyingi choklarni olish272 000 so‘m
-
Kovoq massaji80 000 so‘m
-
Parabulbar/limfatop in’yeksiyalar80 000 so‘m
-
Subtenon/subkon’yunktival in’yeksiyalar161 000 so‘m
-
Ko‘z ichi in’yeksiyalari (1 ko‘z, o‘z apparati)331 000 so‘m
-
Yot jiyemni olish (1 ko‘z)161 000 so‘m
-
IOL implantatsiyasiz tunnel katarakta ekstraksiyasi2 986 000 so‘m
-
IOL implantatsiyasi bilan tunnel katarakta ekstraksiyasi3 292 000 so‘m
-
IOL implantatsiyasiz katarakta fakoemulsifikatsiyasi4 822 000 so‘m
-
IOL implantatsiyasi bilan katarakta fakoemulsifikatsiyasi5 270 000 so‘m
-
IOL eksplantatsiyasi yoki repozitsiyasi3 904 000 so‘m
-
Afakiyada IOL implantatsiyasi4 162 000 so‘m
-
Afakiyada skleral fiksatsiya bilan IOL implantatsiyasi5 270 000 so‘m
-
Antiglaukomatoz amaliyotlar5 211 000 so‘m
-
25G Vitreoektomiya8 330 000 so‘m
-
Rekonstruktiv amaliyotlar5 576 000 so‘m
-
Okuloplastik amaliyotlar4 329 000 so‘m
-
Gorizontal kosoglazlikni tuzatish4 001 000 so‘m
-
Vertikal kosoglazlikni tuzatish5 128 000 so‘m
-
O‘tkazib yoki qisman keratoplastika5 386 000 so‘m
-
Lazer kapsulotomiya/Iridotomiya 1 ko‘z1 038 000 so‘m
-
Lazer kapsulotomiya/Iridotomiya 2 ko‘z1 523 000 so‘m
-
To‘r parda lazer koagulyatsiyasi1 904 000 so‘m
-
Amnioplastika3 247 000 so‘m
-
Skleroplastika4 162 000 so‘m
-
IOL implantatsiyasi bilan katarakta fakoemulsifikatsiyasi + antiglaukomatoz amaliyot6 166 000 so‘m
-
Antiglaukomatoz drenajlar implantatsiyasi4 445 000 so‘m
-
To‘r parda ajralishida sklerani plombalash/sirklyaj8 002 000 so‘m
-
25G lensvitrshvartektomiya8 828 000 so‘m
-
Goniotomiya4 046 000 so‘m
-
Dori vositalarini intravitreal yuborish2 045 000 so‘m
-
Silikon naycha intubatsiyasi (bir ko‘z)2 130 000 so‘m
-
Gavhar chiqishida 25G lensvitrektomiya + IOL implantatsiyasi4 835 000 so‘m
-
IOL implantatsiyasi bilan katarakta fakoemulsifikatsiyasi + orqa kapsulotomiya6 319 000 so‘m
-
25G vitrektomiya + begona jismni olib tashlash8 489 000 so‘m
-
25G vitrektomiya + begona jismni olib tashlash + to‘r parda lazer koagulyatsiyasi + silikon moy endotamponadasi9 861 000 so‘m
-
Sedatsiya ostida choklarni olib tashlash/kesish1 575 000 so‘m
-
Silikon moyni eksplantatsiya qilish5 128 000 so‘m
-
Silikon moyni almashtirish7 106 000 so‘m
Boshqa bo‘limlar
Barchasini ko‘rishAriza qoldirish
Kontaktlaringizni qoldiring va savolingizni yozing — ariza pochtamizga keladi va biz siz bilan bog‘lanamiz.